» » Superliga. “Lokomotiv” o‘z uyida “Navbahor”ni mag‘lub etdi (video)

Superliga. “Lokomotiv” o‘z uyida “Navbahor”ni mag‘lub etdi (video)


30-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turi dorasida navbatdagi uchrashuv ham yakuniga yetdi.

Amaldagi chempion Toshkentning “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” klubi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning 64-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Temurxo‘ja Abduholiqovning kiritgan goli toshkentliklarning g‘alabasini ta’minladi (1:0).

Shu tariqa “temiryo‘lchilar” dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Superliga

2-tur bahslari

29-mart, juma

Gol: 1:0 — 64 Temurxo‘ja Abduholiqov

“Lokomotiv”: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Sardor Mirzayev, Temurxo‘ja Abduholiqov, Azizbek Amonov (Arslonmurod Omonov, 55), Husniddin G‘ofurov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Diyor Turopov (Jamshid Iskandarov, 89), Igor Yelich.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Oston O‘runov (Abbos G‘ulomov, 46), Azim Ahmedov, Shahzod Shaymanov, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan, Obid Jo‘raboyev (Slavko Lukich, 15), Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Abdujamol Isroilov (Bahodir Nasimov, 72), Jahongir Mehmonov

Ogohlantirishlar: Oston O‘runov (15), Islom To‘xtaxo‘jayev (30), Jahongir Mehmonov (69), Azim Ahmedov (80), Aleksandr Kasyan (90+2).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют