» » Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi

Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangida ham g‘alaba qozondi


Toshkent vaqti bilan 31-mart tongida professional boksning yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov (15 ta g‘alaba, 9 ta nokaut) IBF kamariga birinchi raqamli da’vogar bo‘lish uchun yaponiyalik Keita Obaraga (20 ta g‘alaba, 1 ta durang, 3 ta mag‘lubiyat, 18 ta nokaut) qarshi ringga ko‘tarildi.

Filadelfiya shahridagi 2300 arenasida bo‘lib o‘tgan 12 raundlik jangda Qudratillo hakamlarning birdek ovozi (118-110, 117-111, 115-113) evaziga g‘alaba qozondi. Natijada o‘zbekistonlik bokschi IBF reytingida birinchi o‘ringa ko‘tariladigan bo‘ldi. Endi u chempion bilan jang qiluvchi majburiy da’vogarga aylandi.

Mazkur vazn toifasida amerikalik Errol Spens (25 ta g‘alaba, 21 ta nokaut) chempion sanaladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют