» » A Seriya. Moyze Kinning goli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi, “Milan”da esa mag‘lubiyat (video)

A Seriya. Moyze Kinning goli “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi, “Milan”da esa mag‘lubiyat (video)


30-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 29-turi doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Turinning “Yuventus” klubi o‘z maydonida “Empoli”ni sinovdan o‘tkazadi.

Uchrashuvdagi yagona gol 72-daqiqada Moyze Kin tomonidan kiritildi. Shu tariqa turinliklar “Empoli” ustidan kichik hisobda zafar quchdi (1:0).

Kunning so‘nggi o‘yinida Jennaro Gattuzo boshliq “Milan” klubi safarda Fabio Kvalyarella yetakchiligidagi “Sampdoriya” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuvning dastlabki daqiqasidayoq “rossonerilar” darvozaboni Janluiji Donnarummaning qo‘pol xatosidan “Sampdoriya” hujumchisi Greguar Defrel unumli foydalanib, darvozani ishg‘ol qildi. Natijada milanliklar mehmonda kechgan bahsda “Sampdoriya”ga mag‘lub bo‘ldi va ochko yo‘qotdi (0:1).

A Seriya

29-tur bahslari

29-mart, juma

Gollar: 1:0 — 4 Chuka, 2:0 — 62 Mandragora

Gol: 1:0 — 72 Kin

Gol: 1:0 — 1 Defrel

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют