» » Toshkentda yashovchi ayol o‘z uyi oshxonasida o‘ldirib ketildi

Toshkentda yashovchi ayol o‘z uyi oshxonasida o‘ldirib ketildi


2019-yil 30-mart kuni soat 14.00 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga qotillik holati haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda UzNews ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni taxminan soat 13:55 da Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 3a-uydagi xonadon oshxonasidan ushbu manzilda yashagan ayolning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi rahbari Surayyo Rahmonovaga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют