» » “Manchester Yunayted” Londonda “Chelsi”dan mag‘lub bo‘lib, Angliya kubogini tark etdi

“Manchester Yunayted” Londonda “Chelsi”dan mag‘lub bo‘lib, Angliya kubogini tark etdi


Joze Mourinyo boshchilik qilayotgan “Manchester Yunayted” mavsum boshidan buyon ishtirok etib kelayotgan musobaqalarining birinchisini tark etdi.

Angliya kubogining chorak finaliga qadar yetib kelgan “mankunianlar” Londonda “Chelsi” qarshiligini sindira olmadi. Ueyn Runi, Zlatan Ibrahimovich, Antoni Marsyal, Xuan Mata kabi yetakchi futbolchilar maydonga tushmagan bellashuvda Ngolo Kantening ikkinchi bo‘lim boshlarida urgan goli hamma narsani hal qildi.

To‘qnashuvning 65 daqiqasini “Yunayted” bir kishi kamroq o‘tkazdi. 35-daqiqada Ander Errera Eden Azarga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun maydondan chetlatildi.

Mourinyo boshqaruvida “Yunayted” mavsum boshidan buyon ikkita sovrin yutib oldi. Klub Angliya Superkubogida “Lester”ni, mamlakat Liga kubogida “Sautgempton”ni taslim qilib, bosh sovringa ega chiqdi. APL hamda Yevropa ligasida zafar quchish uchun esa kurash davom etmoqda.

Angliya kubogi
Chorak final
13-mart, dushanba

Gol: Ngolo Kante, 51 (1:0).
Chetlatish: Ander Errera, 35 (M).

Shu tariqa Angliya kubogining yarim final juftliklari aniq bo‘ldi. 22-aprel kuni “Chelsi” hamda “Tottenhem” klublari final uchun maydonga tushsa, yarim finalning ikkinchi juftligida “Manchester Siti” hamda “Arsenal” hisob-kitob qiladi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют