» » “Manchester Yunayted”ning 4 nafar futbolchisi jamoa tarixida 23 yildan beri yuz bermayotgan natijani qayd etdi

“Manchester Yunayted”ning 4 nafar futbolchisi jamoa tarixida 23 yildan beri yuz bermayotgan natijani qayd etdi


30-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 32-turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Uotford”ni mag‘lub etdi (2:1).

Mazkur o‘yinda Manchesterning gollariga Markus Reshford hamda Antoni Marsial mualliflik qildi va ikkala futbolchi ham Angliya chempionatidagi gollari sonini 10 taga yetkazib oldi.

Ayni damda fransiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaning hisobida 11 ta va belgiyalik hujumchi Romelu Lukakuning hisobida esa 12 ta gol mavjud. Endi “qizil iblislar”ning 10 ta va undan ortiq gol urgan futbolchilari 4 nafarga yetdi.

Opta’ning xabar berishicha, So‘nggi bor 1995/96-yilgi mavsumda Angliya chempionatida “mankunianlar”ning 4 nafar futbolchisi (Pol Skoulz, Endi Koul, Rayan Giggs va Erik Kantona) 10 ta va undan ko‘p gol urgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют