» » Oliy Majlis Senatida Sodiq Safoyev Yaponiya elchisini qabul qildi

Oliy Majlis Senatida Sodiq Safoyev Yaponiya elchisini qabul qildi


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida 13-mart kuni Senat Raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Yaponiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv vaqtida tomonlar O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hamda parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashdi.

Yaponiya elchisi tashqi siyosiy faoliyat olib borishda, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishda, chet el investitsiyalarini jalb qilishda, turizmni rivojlantirishda mamlakat parlamentining roli oshganligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Suhbat chog‘ida iyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, madaniyat va insonparvarlik sohalarida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalari ham muhokama etildi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 28) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют