» » Ozbekistonning sayyohlik salohiyati Berlindagi xalqaro turizm yarmarkasida namoyish etildi

Ozbekistonning sayyohlik salohiyati Berlindagi xalqaro turizm yarmarkasida namoyish etildi


Germaniya poytaxti Berlin shahrida bolib otgan ITB Berlin 2017 xalqaro turizm korgazmasida Ozbekiston sayyohlik salohiyati keng namoyish etildi.Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Korgazma eng yirik xalqaro sayyohlik anjumanlaridan biri bolib, bu yil unda 187 mamlakatdan 10mingdan ziyod firma va kompaniya vakillari ishtirok etdi. Korgazmaga 200mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.

Mazkur tadbir sayyohlik sanoatining barcha zamonaviy yonalishlarini ozida mujassam etgan bolib, unda sayohat, faol turizm, sport turizmi va sport mahsulotlari, sayyohlik va axborot texnologiyalari, yoshlar turizmi, ekoturizm, madaniy sayyohlik, sayyohlik biznesi, kruiz kabi yonalishlarga oid onlab bolimlar ishladi.

Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi malum qilishicha, Messe Berlin korgazma majmuasida otkazilgan ananaviy anjumanda Ozbekiston havo yollari milliy aviakompaniyasi, Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati, Ozbekistonning Asia Adventures, Havas Tour, Compass Tour, Registon Travel, Sitara International, Sarbon Tour, Olympic Tour Service, Azimut Samarkand Travel, Dolores Travel Services, Euroasia Travel, Bella Asia, Oriental Tales kabi qator sayyohlik kompaniyalari oz xizmatlarini namoyish etdi.

Yarmarka ishtirokchilari Ozbekistonda turizm sohasida yaratilgan shart-sharoitlar, taklif etilayotgan xizmatlar, mehmonxonalar, sayyohlik operatorlari va agentlari faoliyatiga oid koplab malumotlar bilan tanishdi.

Ushbu nufuzli turizm forumidan orin olgan Ozbekiston milliy stendi oziga xos dizayni, milliy bezaklari va mazmunan boyligi bilan korgazma ishtirokchilarining etiborini tortdi. Ozbekistonning qadimiy shaharlari, diqqatga sazovor joylari haqidagi malumotlar va suratlarni oz ichiga olgan albomlar, buklet va nashrlar, xalq amaliy sanati namunalari barchada katta taassurot qoldirdi. Milliy kuy-qoshiqlar va rang-barang raqslar ijrosi, Ozbekistonda yetishtirilgan sarxil mevalar hamda milliy taomlar yigilganlarga manzur boldi.

ITB Berlin 2017 xalqaro korgazmasi Ozbekistondagi sayyohlik xizmatlarini xalqaro turizm bozorlariga taklif etish, ushbu soha vakillarining chet ellik hamkasblari bilan hamkorligini kengaytirish imkonini berdi.

Korgazma doirasida Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisi A.Sharopov rahbarligidagi delegatsiya Germaniya Bundestagining turizm va sport boyicha qomitasi, Germaniya sayyohlik uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi kabi qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar otkazdi. Muzokaralar davomida sayyohlik sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Ozbekistonning Germaniyadagi elchixonasida mamlakatningsayyohlik salohiyatiga bagishlangan anjuman otkazildi. Sayyohlik sohasi vakillari ishtirok etgan tadbirda turizm sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida soz yuritildi. Ozbekistonning tabiiy, tarixiy va madaniy merosi, diqqatga sazovor joylari, sayyohlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida malumot berildi.

: admin (14-03-2017, 08:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
20 ... -