» » Farg‘ona viloyatida ikki bosh qoramolni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyatida ikki bosh qoramolni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan fuqaro ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning ikki bosh qoramolini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi fosh etilib, u qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют