» » O‘zbekistonda 2019-yilda 1,5 mln tonna kartoshka yetishtiriladi

O‘zbekistonda 2019-yilda 1,5 mln tonna kartoshka yetishtiriladi


2019-yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish va mahsulot yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil uchun respublikada:

jami 135 ming 641 gektar yerga sabzavot, 60 ming 156 gektar yerga poliz ekinlari joylashtiriladi hamda 2 million 875 ming 640 tonna sabzavot, 1 million 59 ming 240 tonna poliz ekinlari yetishtiriladi;

jami 57 ming 292 gektar bog‘-tok qatorlari orasida 853 ming 905 tonna sabzavot, dukkakli va poliz ekinlari yetishtiriladi;

824 ming 350 gektar g‘alladan bo‘shaydigan maydonga takroriy ekin ekiladi va jami 10 million 448 ming 780 tonna mahsulot, jumladan, 789 ming 189 tonna kartoshka yetishtiriladi hamda g‘alladan bo‘shaydigan yer uchun jami 4 milliard 292 million 707 ming so‘m mablag‘ ajratiladi.

Yuqoridagilarni jamlagan holda 2019-yilda respublikada jami 13 million 396 ming 437 tonna mahsulot yetishtiriladi va mahsulotlarning 1 million 858 ming 789 tonnasi eksport qilinadi, 7 million 784 ming 537 tonnasi ichki iste’mol uchun mo‘ljallangan.

Jami mahsulotlarning 1 million 490 ming 660 tonnasi kartoshka bo‘lib, uning 1 million 56 ming 903 tonnasi ichki is’temol uchun ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют