» » Internetda Ukrainadagi prezident saylovlaridan ilk ekzit-pollar paydo bo‘ldi: aktyor Zelenskiy birinchi o‘rinda bormoqda

Internetda Ukrainadagi prezident saylovlaridan ilk ekzit-pollar paydo bo‘ldi: aktyor Zelenskiy birinchi o‘rinda bormoqda


Internetda Ukrainadagi prezident saylovlaridagi ovozlar bo‘yicha ilk tadqiqot natijalari shifrlangan ko‘rinishda paydo bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Ukraina.ru” xabariga ko‘ra, mahalliy jurnalist Igor Gujva ijtimoiy tarmoqqa saylovdagi ekzit-pol natijalarini ezop tilidan foydalanib joylagan.

Uning ma’lumotlari bo‘yicha, birinchi o‘rinda hozircha shoumen Vladimir Zelenskiy bormoqda, unga ukrainaliklarning 27—29 foizi ovoz bergan. Ikkinchi o‘rinda — Pyotr Poroshenko (16—17%), “Hayot uchun muxolifat platformasi” yetakchisi Yuriy Boyko — uchinchi o‘rinda (14—15,5 foiz). To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda — “Batkivshina” yetakchisi Yuliya Timoshenko (14—14,5 foiz) va Anatoliy Gritsenko (6—6,5 foiz).

Ta’kidlanishicha, bir vaqtning o‘zida bir nechta so‘rovlar o‘tkazilmoqda, ammo ular ozmi-ko‘pmi, bir-biriga o‘xshash.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют