» » Superliga. “Nasaf” “So‘g‘diyona”ni tor-mor qildi, “Qo‘qon-1912” esa “Andijon”ni yuta olmadi (video)

Superliga. “Nasaf” “So‘g‘diyona”ni tor-mor qildi, “Qo‘qon-1912” esa “Andijon”ni yuta olmadi (video)


31-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 2-turi doirasida so‘nggi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Farg‘onadagi “Istiqlol” stadioni vodiy derbisiga mezbonlik qildi. Unda “Qo‘qon-1912” klubi “Andijon”ga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinda jamoalar darvozasi daxlsizligi saqlanib qolindi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi (0:0).

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasini qabul qildi.

Bellashuvning 6-daqiqasida qarshiliklar a’zosi Dilshod Saitov hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqaga kelib Nikola Milinkovich hisobni tenglashtirdi (1:1). 53-daqiqada esa Boburbek Davlatov Milan Mitrovich qo‘riqlayotgan darvozaga gol urdi (2:1). 79-daqiqada esa Islom Kenjaboyev super gol muallifiga aylandi va hisobni yiriklashtirdi (3:1).

Shu tariqa “Nasaf” o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va mavsumdagi ilk 3 ochkosiga ega bo‘ldi.

2-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat

Superliga

2-tur bahsi

31-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 — 6 Dilshod Saitov, 1:1 — 33 Nikola Milinkovich, 2:1 — 53 Boburbek Davlatov, 3:1 — 79 Islom Kenjaboyev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют