» » 15—17-mart kunlari Toshkentda Xalqaro sanoat ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi

15—17-mart kunlari Toshkentda Xalqaro sanoat ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi


15—17-mart kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”da Xalqaro sanoat ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.

 UzTechTransExpo-2017 — Maxsus texnika. Transport va logistik xizmatlar.

 UzMetalMashExpo-2017 — Metallurgiya. Metalga ishlov berish. Mashinasozlik. Payvand.

 UzMiningExpo-2017 — Tog‘-kon sanoati uchun texnologiya va jihozlar.

 UzSecureExpo-2017 — Xavfsizlik tizimlari. Mehnat muhofazasi. Yong‘in xavfsizligi.

 UzChemPlastExpo-2017 — Kimyo sanoati, plastmassa va kauchuk ishlab chiqarish.

 InterPackExpo-2017 — Qadoqlash sanoati. Omborga joylash.

Ko‘rgazmalarning tashkilochisi — IEG Uzbekistan kompaniyasi.

Har xil ko‘rgazma loyihalarining qo‘shilishi sanoatning asosiy tarmoqlarini qamrab olish imkonini beradi. Ko‘rgazmalarning asosiy maqsadi – ishbilarmonlik muloqotlari va kommunikatsiyalari uchun sharoitlar yaratish, shuningdek, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida zamonaviy sanoatning imkoniyatlarini namoyish etishdir.

Investitsiyalar kiritish va yangi texnologiyalarni joriy etish tog‘-kon industriyasining ustuvor rivojlanishidagi asosiy omillar bo‘llib xizmat qiladi. Xorijiy ishtirokchilarning UzMiningExpo-2017 ko‘rgazmasiga nisbatan qiziqishlarining ortib borishi ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikning muhimligi va kelajagi porloq ekanligidan dalolat beradi.

UzTechTransExpo ko‘rgazmasining maqsadi – o‘z faoliyatini maxsus texnika ishlab chiqarish va yetkazib berish, transport va logistik xizmatlar ko‘rsatish, transport sektorida innovatsion ilmiy yechimlar chiqarish, omborlar majmualaridan va terminallardan foydalanish sohalarida olib boruvchi xalqaro va mamlakatimiz yetakchi kompaniyalariga mahsulotlar iste’molchilari va xizmatlar buyurtmachilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini yaratishdir.

UzMetalMashExpo-2017 ko‘rgazmasini o‘tkazish respublikamizga yuqori texnologik uskunalarni jalb etish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida mahalliy sanoat korxonalari mahsulotlari sifatini oshirishga va assortimentini kengaytirishga olib keladi. Ushbu ko‘rgazma mahalliy korxonalarga hamda mashinasozlik sohasi mutaxassilarining keng ommasiga va iste’molchilarga o‘z mahsulotlarini taqdim etishning qulay imkonini beradi.

Ekspozitsiyaning ahamiyatli segmentlaridan biri UzSecureExpo-2017. Ko‘rgazmada har xil jihozlar va xavfsizlikni ta’minlashga bo‘lgan yangi yondashuvlar namoyish etiladi, xususan: alanga chiqishi va tutash vaqtida ogohlantirish tizimlari, xavfsizlikni majmuaviy ta’minlash jihozlari, o‘t o‘chirish mashinalari, ratsiyalar, shaxsiy himoya vositalari, audio va video kuzatuv, aqlli uy, halokat va ofatlarning oldini olish va ular oqibatlarini bartaraf etish jihozlari.

UzChemPlastExpo-2017 – bu mutaxasssislar hamjamiyatidagi muhim voqea hisoblanadi, namoyish ishtirokchilariga o‘z yutuqlarini, innovatsion ilmiy ishlarni taqdim etish, tajriba almashish imkonini beradi, xalqaro hamkorlik va kooperatsiyani rivojlantiradi.

Qadoqlash industriyasi hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin egallaydi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tarmoq rivojlanishi, qadoqlash va materiallar sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. InterPackExpo-2017 – ko‘rgazmasi sotish geografiyasini kengaytirish, qisqa vaqt ichida o‘z mahsulotini biznes-ishtirokchilarning katta qismiga namoyish etish, eksponatga qo‘yilgan mahsulotga qiziqishi ortgan yangi mijozlar topish imkonini beradi.

Ko‘rgazmaning har yilgi doimiy ishtirokchilari ta’kidlashadiki, bunday format tajriba almashish, hamkorlik gorizontlarini kengaytirish, sanoatning yondosh tarmoqlari vakillariga uzoq kelajakni ko‘zlab shartnomalar tuzishda yordam beradi.

Ko‘rgazmaning ish vaqti:

15-mart soat 11:00 – 17:00

16-mart soat 10:00 – 17:00

17-mart soat 10:00 – 16:00

Sizlarni ko‘rgazmalarda kutamiz!

www.ieg.uz

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (14-03-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют