» » La Liga. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Real” “Ueska”ni mag‘lub etdi (video)

La Liga. 5 ta gol urilgan o‘yinda “Real” “Ueska”ni mag‘lub etdi (video)


31-mart, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 29-turida oxirgi 5 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Zinedin Zidan boshqaruvidagi “Real Madrid” jamoasi “Santyago Bernabeu” stadionida “Ueska”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq mehmon jamoa hujumchisi Xuan Ernandes Luka Zidan qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 25-daqiqaga kelib Isko hisobni tenglashtirdi (1:1).

62-daqiqada esa Dani Sebalyos Karim Benzema uzatmasini golga aylantirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). 74-daqiqada Xavyer Echeita hisobni 2:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Bellashuvning asosiy vaqti tugashiga 1 daqiqa qolganda fransiyalik hujumchi Karim Benzema tomonidan kiritilgan gol “Qirollik klubi”ning g‘alabasini ta’minladi va qiyin kechgan o‘yinda madridliklar muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi (3:2).

La Liga

29-tur bahslari

31-mart, yakshanba

Gollar: 1:0 — 5 Morales, 1:1 — 19 Eskalante, 2:1 — 26 Rochina, 2:2 — 78 Enrik

Gollar: 1:0 — 34 de Tomas, 1:1 — 81 Telio

Gollar: 0:1 — 45, penalti, Parexo

Gollar: 1:0 — 9 Keko, 1:1 — 79 Oyarsabal

Gollar: 0:1 — 3 Ernandes, 1:1 — 25 Isko, 2:1 — 62 Sebalyos, 2:2 — 74 Echeita, 3:2 — 89 Benzema

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют