» » Abdulaziz Komilov Qozog‘istonning yangi elchisi Darxan Satibaldini qabul qildi

Abdulaziz Komilov Qozog‘istonning yangi elchisi Darxan Satibaldini qabul qildi


Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Darxan Satibaldini qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, uni yuqori mansabga tayinlangani bilan tabrikladi. Mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Qozog‘iston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, birinchi prezident Nursulton Nazarboyev poydevor qo‘ygan Qozog‘istondagi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga O‘zbekistonda hurmat bilan qaraladi.

Uchrashuvda turli darajadagi ikki tomonlama aloqalar jadvali va kun tartibi, shuningdek, O‘zbekistonda Qozog‘iston yilini o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют