» » Turkiya Niderlandiya elchisining mamlakatga kirishini taqiqladi

Turkiya Niderlandiya elchisining mamlakatga kirishini taqiqladi


Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush Niderlandiya elchisining mamlakatga kirishi taqiqlanganligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Shuningdek, Turkiya Niderlandiya bilan yuqori darajadagi barcha uchrashuvlarni bekor qildi.

Nashr eslatishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Niderlandiyaga diplomatik sanksiyalar bilan tahdid qilgan va Anqara vazirlarining nutq so‘zlashi taqiqlangani tufayli, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishga tayyorligini aytgan edi.

Avvalroq Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavusho‘g‘li bo‘lgan samolyotning mamlakat hududiga kiritilmagani uchun Niderlandiya hukumati nomidan uzr so‘ramasligini ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют