» » Isroil Madrimov WBA yangilangan reytingida uch pog‘ona yuqoriladi, Shohjahon Ergashev esa o‘z o‘rnida qoldi

Isroil Madrimov WBA yangilangan reytingida uch pog‘ona yuqoriladi, Shohjahon Ergashev esa o‘z o‘rnida qoldi


Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) professional bokschilarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Super yarim o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasi vakili Isroil Madrimov (2 ta g‘alaba, 2 ta nokaut) mart oyi reytingida uch pog‘ona yuqorilab 6-o‘rindan joy oldi. Eslatib o‘tamiz, Isroil 10-mart kuni WBA Intercontinental chempionlik kamarini himoya qilish uchun venesuelalik bokschi Frenk Roxasga (24 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat) qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini 2-raundning o‘zidayoq nokautga uchratgandi.

Yangilangan reytingda ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Murodjon Ahmadaliyev (5 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) 1-o‘rinda qoldi va jahon chempionlik kamari uchun birlamchi da’vogar nomini saqlab qoldi.

Shuningdek, super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida bitta jang o‘tkazgan Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) esa reytingda 4-o‘rinni egallagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют