» » Mazali pishiriqlar tayyorlash borasida maslahatlar

Mazali pishiriqlar tayyorlash borasida maslahatlar


Yumshoq va mazali qilib pishirish – bu har qanday bekaning mahorat cho‘qqisi hisoblanadi. Uyda pishiriladigan pishiriqlar har doim yaxshi chiqishi uchun pishirishning ba’zi sirlari va maslahatlaridan foydalaning.

1.Xamir qorishdan oldin unni elakdan o‘tkazish zarur – bu uni kislorod bilan boyitadi va yumshatadi.

2.Yog‘ va shirinlik qo‘shilgan xamir tayyorlash uchun saryog‘ni bir xil zichlikda qilib qorishtirish, oshirilgan xamir uchun esa – qaymoq quyuqligida eritish lozim.

3.Oshirilgan xamir yumshoq va yengil chiqishi uchun unga qaynatilgan kartoshkani sovitib, mayda qirg‘ichda maydalab (1 kg unga 2—3 dona o‘rtacha kattalikdagi kartoshka) qo‘shish kerak.

4.Qovurilgan pirojkalar uchun tayyorlanadigan oshirilgan xamir pishiriqlar xamiriga qaraganda yumshoqroq tayyorlanadi.

5.Oshirilgan xamirni qorishdan oldin qo‘shilgan aromatik moddalar uning mazasini va hidini yaxshilashga yordam beradi: 2 piyola unga bitta apelsin yoki yarimta limon qobig‘i, 2—3 dona maydalangan kardamon mevasi,1—2 gramm vanilli shakar.

6.Agar siz mayizli xamir tayyorlayotgan bo‘lsangiz, avvalo mayizni issiq suvda yuvib undan keyin un sepsangiz mayizlar xamir ichida bir xilda joylashadi.

7.Pirog tayyor bo‘lganligini bilish uchun unga tish kovlagich tiqib tekshirib ko‘ring. Agar u quruq bo‘lsa pirogni olishingiz mumkin.

8.Pishiriqning sifatini uning og‘irligidan aniqlash mumkin: qancha yengil bo‘lsa, shuncha yaxshi pishirilgan bo‘ladi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют