» » “Bukhara Investiment Forum –2019” xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi

“Bukhara Investiment Forum –2019” xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi


Buxorodagi yoshlar markazida “Bukhara Investiment Forum –2019” xalqaro anjumani o‘z ishini boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Iroq, Iordaniya, Isroil Rossiya va boshqa qator mamlakatlarning ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etmoqda.

Xorijlik ishtirokchilar anjuman ochilishidan bir kun ilgari Buxoro viloyatining 11 ta tuman va 2 ta shahrida bo‘lib, hududlarning iqtisodiy va investitsion salohiyati bilan tanishdi.

Anjumanda “Bukhara City” hududi qurilishi doirasidagi investitsiyaviy taklif loyihalari hamda viloyatda turizm industriyasiga doir taqdimotlar namoyish qilindi.

“Bukhara City” Turkiyaning mashhur “Studio Vertebra” kompaniyasi tomonidan loyihalashtirilgan. Mazkur loyihani ishlab chiqishda tarix va kelajak uyg‘unligi, xavfsizlik, yo‘llarda tirband bo‘lmaslik va ilg‘or xorijiy me’morchilik yutuqlari inobatga olingan. Hududda mehmonxona, muzey, kutubxona, biznes markazlari, savdo majmualari, konferensiya zallari, restoran va madaniy markazlar, ko‘p qavatli uylar, favvoralar hamda boshqa obyektlar quriladi.

Anjuman dasturiga ko‘ra, xorijiy investorlarning mahalliy hokimlik rahbarlari, tadbirkorlar, loyiha tashabbuskorlari bilan uchrashuvlari o‘tkaziladi. Amaliy muloqotlar yakunida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют