» » Surxondaryoda o‘tadigan baxshichilik festivalida 5 yoshli baxshi ishtirok etmoqda

Surxondaryoda o‘tadigan baxshichilik festivalida 5 yoshli baxshi ishtirok etmoqda


Surxondaryoda o‘tadigan baxshichilik festivalining eng yosh baxshisi — 5 yoshda, deb yozadi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

G‘olibjon Oripov 2013-yil 29-sentabrda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. U hozir 5 yoshda va Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkaziladigan I Xalqaro baxshichilik san’atining eng yosh baxshisi sifatida ko‘pchilik e’tiborida bo‘lib turibdi.

“Ushbu festival nafaqat tadbir ishtirokchilarini, balki yoshlarni ham birdek jalb qilmoqda. G‘olibjon yoshligidan zehni o‘tkir, qiziquvchan, rasm chizishga, ularni har-xil ranglarga bo‘yashga, she’r yodlashga, qo‘shiq aytishga va raqsga tushishga juda qiziqadi. U ‘baxshilik’ yo‘nalishining 1-sinf o‘quvchisi, shu yo‘nalishda ta’lim berayotgan Muhammad baxshi Eshboyevdan baxshilik san’atining sir-sanoatlarini o‘rganib kelyapti”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют