» » O‘zbekistonda 1-apreldan shifokorlar va farmatsevtlar oylik maoshi oshiriladi

O‘zbekistonda 1-apreldan shifokorlar va farmatsevtlar oylik maoshi oshiriladi


2018-yil 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi.

Qarorda davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari qayta ko‘rib chiqilgan.

Unga ko‘ra, ularning oyligi 2018-yil 1-dekabrdan 1,2 baravar va 2019-yil 1-apreldan 1,15 baravar bosqichma-bosqich oshirilishi nazarda tutilgan edi.

Shuningdek, 1-apreldan boshlab respublikaning ayrim tumanlarida tibbiyot muassasalarini “har bir davolangan holat” uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha va kishi boshiga moliyalashtirish tizimini eksperiment tartibida joriy etilishi belgilangan. Eksperiment natijalarini tanqidiy tahlil qilish asosida moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini 2020-yil 1-apreldan boshlab respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tatbiq etilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, joriy yil 1-iyuldan boshlab

- viloyat va tuman (shahar) darajasidagi statsionar sog‘liqni saqlash muassasalarida aralash moliyalashtirish tizimini joriy etish, bunda kafolatlangan bepul tibbiy xizmat hajmiga kirmaydigan davolash turlari pulli asosda amalga oshiriladi;

- ayrim davolash-profilaktika muassasalarini ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari asosida belgilangan tartibda investorlarga ishonchli boshqaruvga berish;

- O‘zbekiston Respublikasida majburiy tibbiy sug‘urtalashni bosqichma-bosqich joriy etish boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 15:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют