» » Ukraina rasmiy ravishda mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilishini e’lon qildi

Ukraina rasmiy ravishda mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilishini e’lon qildi


Ukraina Markaziy saylov komissiyasi protokollarning 60 foizini sanab chiqqach rasman saylovlarda hech bir nomzodning ko‘pchilik ovoz qo‘lga kirita olmasligini ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”. Mamlakatda prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi.

“Men ikkinchi bosqich o‘tkazilishini ma’lum qilaman, oldimizda juda katta vazifa turibdi, chunki yakuniy natijalar va 21-aprelda o‘tkaziladigan saylov o‘rtasida vaqt juda qisqa”, — deydi brifingda Markaziy saylov komissiyasi raisi Tatyana Slipachuk.

Ayni damda Ukraina MSK 62,74% protokollarni sanab chiqqan. Uning yakunlariga ko‘ra, saylovoldi tashviqot poygasida yetakchilik qilgan Vladimir Zelenskiy boshqa nomzodlar ustidan g‘alaba qozongan, u 30,40% ovozga ega. Ikkinchi o‘rindan esa Poroshenko joy olgan —16,34%. Uning ortidan “Batkivshina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko — 13,09 foiz.

Ovoz berish yakshanba kuni soat 20:00 da tugagan. Ukrainadagi prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют