» » “Liverpul” APLda o‘z maydonidagi ketma-ket 37 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi

“Liverpul” APLda o‘z maydonidagi ketma-ket 37 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi


31-mart, yakshanba kuni Angliya chempionatining 32-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Tottenhem”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:1).

Natijada “qizillar” Angliya premyer ligasida o‘z maydonidagi ketma-ket 37 ta o‘yinni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi. Klopp jamoasi 27 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, 10 ta o‘yinda durang qayd etdi. “Liverpul” 2010—2012-yillarda “Manchester Siti” qayd etgan natijani takrorladi.

So‘nggi bor 2017-yilning yanvar oyida “Liverpul” “Enfild”da “Suonsi”ga mag‘lub bo‘lgandi.

Bu borada “Chelsi” mutlaq rekordchi hisoblanadi. Londonliklar 2004-yildan 2008-yilga qadar Angliya chempionati doirasida kechgan jami 86 ta uy uchrashuvida umuman mag‘lub bo‘lmagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют