» » Tramp jurnalistlardan o‘zining prezidentlik maoshini xayriya qilishda yordam berishni so‘radi

Tramp jurnalistlardan o‘zining prezidentlik maoshini xayriya qilishda yordam berishni so‘radi


AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlardan prezident maoshini aynan qanday xayriya maqsadlari uchun sarf qilishni aniqlashda unga yordam berishni so‘radi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser OAVlar uchun brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Prezident o‘z maoshini yil oxirida xayriya uchun sarf qilmoqchi. U sizlardan mablag‘ni aynan qanday xayriyaga yo‘naltirishni aniqlashni so‘radi. Bu jurnalistik korpusning mablag‘ nimaga sarflangani borasidagi da’volaridan qochish imkonini beradi”, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, AQShda saylov natijalari e’lon qilingach, saylangan prezident Donald Tramp yiliga 400 ming dollarlik prezident maoshidan voz kechib, bor-yo‘g‘i 1 dollar olishini ma’lum qilgan edi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют