» » 3—4-aprel kunlari Toshkentning ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

3—4-aprel kunlari Toshkentning ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi


2019-yilning 3-aprel kuni Sergeli tumanidagi “Obod” mahallasida  gaz ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida  past bosimli gaz quvurini o‘rnatish ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bajarilgan ishlar sifati va gaz quvurlari sozligini tekshirish maqsadida Toshkent shahar gaz ta’minoti hududiy bo‘limi tomonidan shu hududdagi 280 xonadonda soat 11:00 dan 17:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

2019-yilning 4-aprel kuni Yashnobod tumanidagi  58-harbiy shaharchada yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar gaz ta’minoti hududiy bo‘limi tomonidan shu hududdagi uchta to‘rt qavatli uydagi 300 ta  xonadonda soat 11:00 dan 16:00 gacha gaz ta’minoti  vaqtincha to‘xtatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют