» » Efiopiyada axlatxona o‘pirilishi qurbonlari soni 60 kishidan oshdi

Efiopiyada axlatxona o‘pirilishi qurbonlari soni 60 kishidan oshdi


Efiopiya poytaxti Addis-Abeba chekka qismidagi axlatxona o‘pirilishi qurbonlari soni 60 kishidan oshdi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Oldinroq hodisa oqibatida 48 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi.

O‘pirilish 12-mart kuni sodir bo‘ldi. Chiqindilar vaqtinchalik qurilgan va beton uylarni qopladi. Voqea yuz bergan payt bu yerda 150 kishi bo‘lgan, ulardan 37 nafari qutqarildi.

O‘pirilishga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. Bu yerga 50 yildan oshiq vaqt mobaynida poytaxtdan chiqindilar tashib kelingan, oxirgi paytlarda bunga barham berilgan edi. Biroq, mahalliy aholining ta’kidlashicha, yaqinda chiqindilarni keltirish qaytadan boshlangan.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют