» » Britaniya parlamenti Brexit to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Britaniya parlamenti Brexit to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi


Britaniya parlamentining quyi palatasi 13-mart, dushanba kuni Brexit haqidagi qonunni yakuniy holda qabul qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Deputatlar yuqori palata tomonidan qonun loyihasiga kiritish uchun taklif qilingan ikkita tuzatishni rad etdi. Ular Yevroittifoq mamlakatlarining Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi fuqarolari huquqlarining bir tomonlama kafolatlanishi hamda parlamentga Londonning Yevroittifoq bilan muzokaralari natijalarini tasdiqlashda ovoz berish huquqini taqdim etish to‘g‘risida edi.

Endi yuqori palata Brexit haqidagi qonun loyihasini yana bir marta ko‘rib chiqishi kerak. Yuqori palata quyi palata qarorini ma’qullasa, qonun imzolash uchun qirolichaga yo‘naltiriladi.

Brexit to‘g‘risidagi qonun qabul qilingach, bosh vazir Tereza Mey Yevroittifoq bilan muzokaralarni boshlash vakolatini qo‘lga kiritadi, muzokaralar esa ikki yil ichida yakunlanishi kerak.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют