» » O‘zbekiston bosh konsuli Krasnoyarsk shahri meri bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh konsuli Krasnoyarsk shahri meri bilan uchrashdi


Rossiyaning Krasnoyarsk shahri meri Sergey Yeryomin O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Yusuf Kobuljanov bilan uchrashdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Bosh konsul merni Krasnoyarskda talabalar o‘rtasida Butunjahon qishki universiadasi yuksak darajada o‘tkazilgani bilan qutladi. Mazkur universiadada o‘zbekistonlik sportchilar ham munosib ishtirok etgani e’tirof qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar turli yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Jumladan, Krasnoyarskda o‘zbek tovarlari do‘konini ochish, o‘zbekistonlik talabalarning Sibir federal universitetida oliy ma’lumot olishi, shuningdek, o‘zbek sportchilarining universiada obyektlarida mashg‘ulot o‘tashi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun, Krasnoyarskda 4 ming nafarga yaqin o‘zbek istiqomat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют