» » Misr Bosh prokuraturasi sobiq prezident Husni Muborakni ozod etishga qaror qildi

Misr Bosh prokuraturasi sobiq prezident Husni Muborakni ozod etishga qaror qildi


Misr bosh prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Husni Muborakni ozod etish qarorini ma’qulladi. Bu haqda Al-Masry Al-Youm nashri ma’lum qilmoqda, deb yozadi “Kommersant”.

Sobiq davlat rahbarining advokati Farid ad-Dibning nashrga ma’lum qilishicha, Husni Muborak yaqin ikki kun ichida shifoxonani tark etib, uyiga qaytishi lozim.

O‘tgan hafta Misr Kassatsiya sudi 2011-yil yanvaridagi tartibsizliklar davomida namoyishchilarning o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblanayotgan Husni Muborakni oqladi.

Avvalroq sud, shuningdek, umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan sobiq prezident Muhammad Mursiyga nisbatan chiqarilgan hukmni ham bekor qilgan edi. Janob Mursiy 2011-yilgi hodisalar tufayli o‘lim jazosiga hukm etilgan edi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют