» » Polshada ruhoniylar Garri Potter haqidagi kitoblarni yoqib yubordi

Polshada ruhoniylar Garri Potter haqidagi kitoblarni yoqib yubordi


31-mart kuni Gdanskda bir guruh ruhoniylar o‘z xizmatkorlari bilan birga ularning fikriga ko‘ra xristian ta’limotiga zid hisoblangan bir necha kitoblarni cherkovlardan birining yonida gulxanda yoqib yubordi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, vampirlar, sehrgarlar va afsungarlar haqidagi kitoblar yoqib yuborilgan. Yoqib yuborilgan kitoblar orasida Stefani Mayerning “Sumerki” va Joan Roulingning Garri Potter haqidagi kitoblari ham bo‘lgan.

Shuningdek, ruhoniylar boshqa din va e’tiqodga tegishli bo‘lgan turli niqob va haykallarni ham yoqib yuborgan.

Ishtirokchilardan biri Yan Kuxarskiy “xudoni his qilmagan odam bu ishlarni tushunishi qiyin. Shunday ruhdan mahrum bo‘lgan odam bunday narsalar xudo bilan bo‘lgan hayotda zarar etkazishi, halal berishini ko‘rmaydi”, — deb aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют