» » So‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish taklif etilmoqda

So‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish taklif etilmoqda


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston milliy valyutasi - so‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish haqida petitsiya e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, mamlakatda so‘nggi yillarda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda milliy valyuta bilan Internet saytlarda va turli onlayn do‘konlarda elektron to‘lovlar amalga oshirilmoqda. So‘m tranzaksiyalarda UZS shaklida ko‘rsatiladi. Shuningdek, supermarketlarda va boshqa savdo nuqtalarida ham so‘m to‘liq yoziladi.

“Shu sababli boshqa mamlakatlar qatori bizda ham so‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish kerak. Misol uchun, Qozog‘istonda tenge ? ko‘rinishida, Qirg‘izistonda som ? ko‘rinishida, Yevropa ittifoqida yevro € ko‘rinishida va h.k. So‘mning grafik belgisi joriy qilinsa, matnlarda ham belgilar qisqarib so‘mni yozish qulaylashadi. Peshtaxtalarda narxlar shrifti hajmi kattalashadi”, - deyiladi murojaatda.

“Markaziy bank tomonidan dizaynerlik tanlovini o‘tkazish orqali so‘mning grafik ko‘rinishi loyihasini ishlab chiqishni taklif qilaman”, - deb yozadi petitsiya muallifi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning iyun oyi boshlarida so‘mning grafik belgisi paydo bo‘lishi mumkin ekani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют