» » E’tibordan chetda qolayotgan mahallalar

E’tibordan chetda qolayotgan mahallalar


O‘zA Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi holat haqida maqola chop etildi. Quyida maqola to‘lig‘icha havola etildi.

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida obod maskanlar juda ko‘p. Ammo shunday mahallalar ham borki, u yerdagi noxush manzaralardan dilingiz xira bo‘ladi. Ba’zi mahalla fuqarolar yig‘inining binosi ta’mirtalab va ayanchli ahvolda. Tizim xodimlari uchun yetarli sharoitlar yaratilmagan bo‘lib, obodonlashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Mahalla-jamiyatning kichik bir bo‘lagi sifatida bugun ko‘plab vakolatlarga ega. Ayni damda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish masalasiga ham muhim e’tibor qaratib kelinmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 3-fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida joylarda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Oltiariq tumanida 72 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, ular tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga molik vazifalar bajarilib kelinmoqda. Albatta, yildan yilga mahalla binolarini ta’mirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha ham bir qator ishlar olib borilmoqda. Ammo hozirda tumandagi ettita mahalla fuqarolar yig‘inining binosi ta’mirtalab ahvolda.

“Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lganimizda bu yerdagi holatdan taajjubga tushdik. Oltiariqliklar kaftdek yerni e’zozlab, tomorqachilikda katta maktab yaratgan. Ammo mazkur mahalla binosi hududidagi yer maydoni tashlandiq holatda. Umuman, bu yerda obodonlashtirish ishlari talabga javob bermaydi. Mutasaddilar yer maydonining ma’lum qismi tadbirkorga berilganini, u tomonidan qurilish ishlari boshlanayotganligini aytish bahonasi bilan o‘zlarini oqlamoqchi bo‘ldi.

Axir o‘z o‘zini boshqarish organlari bugun o‘z hududida tomorqadan samarali foydalanish, obodonlashtirish ishlariga mas’ul hisoblansa-yu, avvalo o‘zi bu ishda boshqalarga ibrat bo‘lmasa? Buni qanday tushunish mumkin?

Ayni kunlarda mazkur yig‘inda uch ming 600 dan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Mahallaning ichki ko‘chalariga yog‘in–sochin kunlarida kirsangiz, loyga botib qolishingiz aniq.

“Mahalladagi muammolarimiz asta-sekin hal etilmoqda, — deydi “Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi To‘ychiboy Razzoqov. — O‘tgan yilda besh kilometrga yaqin ichimlik suvi tortildi. ‘Obod qishloq’ dasturi asosida ham yangi mahalla yig‘ini uchun bino va guzar qurishni rejalashtirib turibmiz”.

Albatta, niyat va rejalarning bo‘lgani yaxshi. Ammo u faqat quruq gap bilan amalga oshmaydi. Bu hududga mas’ul bo‘lgan sektor rahbari ham mahalla bilan yaqin bo‘lib, ularning muammosini hal etish choralarini ko‘rishi kerak. Hududdagi 19-umumta’lim maktabida ham o‘tgan yil oktabr oyida ta’mirlash ishlari boshlanganda, barcha juda sevingan edi. Ammo bu uzoqqa cho‘zilmadi. Bir ikki oy o‘tgach, mablag‘ yo‘qligi bois barcha qurilish ishlari chala holatda, to‘xtab qoldi. Mahalla ahli ham, o‘qituvchilar ham bugun bu ishlardan hayron. Kimga arz qilishini ham bilmaydi.

Tumanda “Povulg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga kirgan kishi ham ayanchli ahvolni guvohi bo‘ladi. Barcha xonalar ta’mirtalab. Kichik zalni holatini gapirmasa ham bo‘ladi. Tartib, ozodalikka umuman e’tibor yo‘q. Binoning orqa tomonidagi ekin maydoni esa o‘z holiga tashlab qo‘yilgan.

Mahalla bunday sharoitda xalqning chinakam maslakdoshi va ko‘makdoshiga aylana olarmikan? Biz mutasaddilardan bu holat bo‘yicha izoh olishga harakat qildik. Ammo ularni uchrata olmadik.

Oltiariq tumani hokimi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman kengashi raisi sifatida mahalla tizimiga ham e’tibor qaratsa bo‘lardi...



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют