» » Sergey Lushchan qiz bola emasligiga oydinlik kiritdi. U mojizadan umidvor bolib turibdi

Sergey Lushchan qiz bola emasligiga oydinlik kiritdi. U mojizadan umidvor bolib turibdi


Bunyodkor Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichidagi qatorasiga uchinchi maglubiyatini qabul qilib olgach, jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan jurnalistlar savollariga javob berishdan qochmadi.

Bizni qollash uchun stadionga kelgan va televizor orqali oyinimizni tomosha qilganlardan uzr sorayman. Barcha ayb menda! Men tarkib tanlashda adashdim.

Sergey Lushchan, Bunyodkor bosh murabbiyi

Sergey Ivanovich aynan qaysi futbolchini maydonga tushirgani yoki tushirmaganida adashganini aytmagan. Avvalroq u Olmaliq bilan oyindan keyin tarkib tanlashda Ozbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi bilan maslahatlashib ish qilishini aytib qoygandi.

Tartib-intizom borasida etirozim yoq. Xulosa qilamiz… Ikki oyoq bilan raqibga sakrashni qanday tushunish kerak, bilmayman. Bunga soz ojiz. Ozim ham shokdaman.

Sergey Lushchan, Bunyodkor bosh murabbiyi

Malumot uchun, Bunyodkor Toshkentda otgan songgi ikki uchrashuvda 2 ta qizil kartochka bilan yuzlashdi. Al-Aynga qarshi oyinda Akrom Komilov, Zob Ohanga qarshisida esa Vadim Chemirtan maydondan erta chiqib ketdi. Bunyodkor har ikki holatdan keyin ham oz darvozasidan gol otkazib yubordi.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan sport jurnalistlaridan biri klub OChL guruh bosqichidagi 15 ta oyindan buyon yuta olmayotgani haqida aytib, murabbiydan bu borada uyaladimi yoki yoq sorashga jazm etdi.

Yoq! Nega uyalishim kerak?! Ketma-ket uchinchi yil guruh bosqichiga chiqamiz. Hozircha eng katta natijamiz shu.

Sergey Lushchan, Bunyodkor bosh murabbiyi

Malumot uchun, Bunyodkor Sergey Lushchan tashrifiga qadar hech qachon guruh bosqichida qolib ketmagan. Oliy ligada dastlabki ikki orin yoki mamlakat kubogini qolga kiritgani uchun, pley-offda ham oynab yurmagan. Lushchan bilan esa Toshkent klubi ketma-ket ikki mavsum chempionatni 4-orinda yakunladi va kuni pley-offda oynashga qoldi.

Otabek Shukurov oyinni buzuvchi futbolchi, hujum tashkil qiluvchi emas. Songgi paytlarda uning oyinidan pasayish bor. Otgan yil esa juda yaxshi oynagandi. Gaplashsak, bazan xafa boladi. Qiziqqon futbolchi u…

Sergey Lushchan, Bunyodkor bosh murabbiyi

Mavsum avvalida berilgan intervyusida Sergey Lushchan Otabek Shukurov va Eldor Shomurodovni futbolchi emas, deb takidlagandi. Samvel Babayan esa har ikki futbolchini Ozbekiston milliy terma jamoasiga uzluksiz jalb qiladi.

Bugun Ahmadaliyev, Komilov va Shomurodovning orni bilindi. Qanotlarimiz ishlamadi. Himoyada faqat ikki nominal himoyachi oynadi. Ularning joyini ozgartirishga qaror qildim.

Bazida oyin hisobiga ahamiyat bermayman. Kam bolsa-da, guruhdan chiqish imkoniyatimiz bor. Balki omadimiz kelar, balki mojiza korsatib, uch oyinda golib chiqarmiz.

Sergey Lushchan, Bunyodkor bosh murabbiyi

Lushchan oyin natijalariga bazida nima sababdan ahamiyat bermasligini ochiqlamagan. Murabbiy mavsum avvalida ham mojizadan umid qilganmidi yoki oz kuchiga ishonganmi oydinlik kiritilmagan.

Matbuot anjumanida Sergey Lushchan qiz bola emasligini malum qilgan.

Agar natija murabbiy almashishi orqali yaxshilansa, men bunga tayyorman. Barchasini rahbarlar hal qiladi. Ogirilib ketib qolishdan osoni yoq, bu qizlarga xos. Men esa qiz bola emasman.

Sergey Lushchan, Bunyodkor bosh murabbiyi

Yevropa Chempionlar ligasida zafar quchganidan keyin Bavariyani tark etgan Yupp Xaynkes, ozi ishtirok etgan barcha musobaqalarda golib chiqqan Luis Enrike, Manchester Yunayted bilan muvaffaqiyatlarga erishgan Ser Aleks Fergyuson kabilar oz istefosiga kora ishdan boshab qizlarga xos harakat qilanmi yoki yoq aniqlik kiritilmagan.

: admin (14-03-2017, 10:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -