» » Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etildi

Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etildi


Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida 1-aprel kuni o‘tkazilgan yi g‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda “Minbar” xabar bermoqda.

Nashr manbasiga ko‘ra, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari To‘ra Bobolov vaqtincha hokim vazifasini bajarib turibdi.

Shu kunlarda Surhondaryoda 5—10-aprelda bo‘lib o‘tadigan xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Bahodir Po‘latov ushbu tashkiliy ishlar va boshqa rasmiy tadbirlar, yig‘ilishlarda qatnashmayotgani bildirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan Bahodir Po‘latov 2018-yil iyulida Surxondaryo viloyatiga hokim etib tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют