» » O‘zbekiston birja savdolarining hajmi deyarli ikki baravarga oshdi

O‘zbekiston birja savdolarining hajmi deyarli ikki baravarga oshdi


25-martdan 31-martgacha bo‘lgan davr mobaynida birja savdolarining hajmi 562,8 milliard so‘mdan 906,9 milliard so‘mga oshdi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Sotuvlar bo‘yicha birinchi o‘rinni kimyo mahsulotlari egallab, uning ulushi 18,1 foizni tashkil etgan.

Keyingi o‘rinlarda qurilish materiallari — 16,5%, paxta tolasi — 15,3% va neft mahsulotlari — 12% ulush bilan joylashgan.

Valyuta savdo maydonchasi orqali 1,5 million dollardan ortiqqa teng tovarlar sotilgan. O‘tgan haftada eksportga piroliz benzini va polietilen katta hajmda sotilib, ularning ulushlari mos tarzda 57 foiz va 17 foizni tashkil etgan. Keyingi qatorlardan joy olgan paxta tolasi ulushi 12 foizga, neft koksi 10 foizga teng bo‘lgan. Boshqa tovarlarning ulushi 4 foizga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют