» » Toshkentda general-mayor Islom Sattorov xotirasiga bag‘ishlangan “Varraklar festivali” o‘tkazildi

Toshkentda general-mayor Islom Sattorov xotirasiga bag‘ishlangan “Varraklar festivali” o‘tkazildi


Mudofaa vazirligi Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda Ichki ishlar vazirligining faxriy general-mayori Islom Sattorov xotirasiga bag‘ishlangan “Varraklar festivali”ni o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 222- umumta’lim maktabida 4-marotaba o‘tkazilayotgan ushbu musobaqadan ko‘zlangan maqsad bolalar va o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularni sog‘lom hayotga targ‘ib qilish, milliy o‘yinlarni ommalashtirishdan iborat.

Unda jami 1200 dan ortiq kishi — maktab o‘quvchilari, harbiylar, mahalla ahli ishtirok etdi.

Tadbir davomida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari hamda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi sahnalari, harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bolalarga zavq bag‘ishladi.

Festival doirasida ochiq osmon ostida o‘tkazilgan varrak uchirish musobaqasi 5 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasida kechdi. Tashkilotchilar tomonidan faol qatnashchilarga diplom va sovg‘alar, eng yaxshi ishtirokchiga esa velosiped taqdim qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют