» » La Liga. 8 ta gol urilgan o‘yinda “Barselona” g‘alaba qozona olmadi, ammo Messi yana shedevr gol urdi (video)

La Liga. 8 ta gol urilgan o‘yinda “Barselona” g‘alaba qozona olmadi, ammo Messi yana shedevr gol urdi (video)


2-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida dastlabki 3 ta uchrashuv yakunlandi.

Mazkur turni “Atletiko Madrid” hamda “Jirona” klublari qarama-qarshiligi boshlab berdi.

Bellashuvda Diyego Godin (76) va Antuan Grizmannning (90) gollari madridliklarga navbatdagi g‘alabani taqdim etdi (2:0).

Shu kuni musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Ernesto Valverde boshliq “Barselona” klubi “Vilyarreal” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Filippe Koutinyo hisobni ochgan bo‘lsa, 16-daqiqada esa Malkom hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yin davomida mezbon jamoa a’zolari Samuel Chukvueze (23), Karl Toko Ekambi (50), Visente Iborra (62), Karlos Bakka (80) Mark-Andre ter Shtegen darvozasini birin-ketin ishg‘ol qildi (4:2). Zaxiradan maydonga tushgan Lionel Messi uchrashuvning 90-daqiqasida yana jarima zarbasidan gol urib, hisobni qisqartirdi (4:3). Oradan 3 daqiqa o‘tib Luis Suares o‘yindagi so‘nggi golni urib, Kataloniya klubini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (4:4).

30-tur bahslari

2-aprel, seshanba

Gollar: 1:0 — 76 Godin, 2:0 — 90 Grizmann

Gollar: 1:0 — 56 Iglesias, 1:1 — 72 Rodriges

Gollar: 0:1 — 12 Koutinyo, 0:2 — 16 Malkom, 1:2 — 23 Chukvueze, 2:2 — 50 Ekambi, 3:2 — 62 Iborra, 4:2 — 80 Bakka, 4:3 — 90 Messi, 4:4 — 90+3 Suares

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют