» » Nigeriyada 2018-yilning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi

Nigeriyada 2018-yilning eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi


SSKA sobiq hujumchisi, hozirda “An-Nasr”da to‘p surayotgan Ahmad Musa Nigeriyada 2018-yilning eng yaxshi o‘yinchisi deya e’tirof etildi. Bu haqda Goal xabar berdi.

26 yoshli futbolchi o‘tgan yili Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 3 ta uchrashuvda 2 ta gol urdi va ajoyib o‘yin namoyish etdi. Bundan tashqari u 2013-yildan buyon birinchi marta Nigeriya terma jamoasining Afrika Kubogi musobaqasiga chiqishiga yordam berdi.

Musaning jahon chempionatidagi Islandiya terma jamaosi darvozasiga kiritgan ikkinchi goli Nigeriya termasidagi eng chiroyli gol deya e’tirof etildi (2:0).

Eslatib o‘tamiz, Ahmad Musa joriy mavsum 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

“Vilyarreal” yarim himoyachisi Semyuel Chukvueze esa yilning eng yosh o‘yinchisi nomiga loyiq deb topildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют