» » Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirdi

Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirdi


2-aprel, seshanba kuni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinda gol urdi (4:4).

31 yoshli argentinalik uchrashuvning 90-daqiqasida jarima zarbasidan raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etish joiz, u o‘yinning 61-daqiqasida Filippe Koutinyo o‘rniga zaxiradan maydonga tushgandi.

Messi Ispaniya chempionatida standart vaziyatlardan urilgan gollar soni bo‘yicha “Real” sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduni quvib o‘tdi, deb xabar berdi Pedro Martin o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida.

34 yoshli portugaliyalik umumiy hisobda 80 ta golga mualliflik qilgan. Shulardan 61 ta golni penaltidan kiritgan bo‘lsa, 19 tasini jarima zarbasidan yo‘llagan.

Messi hisobida esa 81 ta gol mavjud (29 ta gol — jarima zarbasidan, 52 tasi esa penaltidan).

Eslatib o‘tamiz, Leo Messi joriy mavsum La Ligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют