» » Antiqa mehribonlik. Sinsinnati hayvonot bog‘ida it yo‘lbars bolalarini tarbiyalamoqda (video)

Antiqa mehribonlik. Sinsinnati hayvonot bog‘ida it yo‘lbars bolalarini tarbiyalamoqda (video)


AQShning Ogayo shtatidagi Sinsinnati shahri hayvonot bog‘ida Bleykli laqabli g‘aroyib it yashaydi. Olti yoshli Bleykli tashlab ketilgan hayvon bolalarini “qabul qiluvchi ota” hisoblanadi. So‘nggi bir necha yil davomida it tulki bolalarini, leopard bolalarini, hatto vallabi (kengurusimonlar oilasiga kiruvchi hayvon) bolalarini ham tarbiya qildi. Hozir Bleykli Chiroy, Batari va Izzi laqabli uchta yo‘lbars bolasiga g‘amxo‘rlik qilmoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Bleykli yo‘lbars bolalariga “yo‘lbars madaniyati”ni va o‘zini tutish qoidalarini o‘rgatmoqda.

Hayvonot bog‘i xodimi Don Strasserning so‘zlariga ko‘ra, itlardan farqli ravishda odamlar yo‘lbarschalarga haqiqiy va “o‘yinli” tishlash farqini tushuntira olmaydi.

Hayvonot bog‘ida Bleyklining mehnati qadrlanadi, 2016-yil oktabr oyida hayvonot bog‘i xodimlari itning sharafiga bayram uyushtirdi. Bundan buyon har yili 19-oktabrda hayvonot bog‘ida Bleykli kuni nishonlanadi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют