» » Soliq qo‘mitasi: “Yandeks.Taksi” O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, faoliyati uchun soliq to‘lashi kerak

Soliq qo‘mitasi: “Yandeks.Taksi” O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, faoliyati uchun soliq to‘lashi kerak


Bugun 3-aprel kuni Xalqaro Press-klubning “O‘zbekistonda yo‘lovchi tashishning yangi tartiblari: zamonaviy yondashuvlar va muammolar tahlili” mavzusidagi navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrida 5 mingta qonuniy litsenziya bilan faoliyat yuritayotgan haydovchilar bor. Viloyatlarda esa bu ko‘rsatkich yuqori.

Mubin Mirzayev shu o‘rinda O‘zbekistonda bir yildan beri faoliyat yuritayotgan “Yandeks.Taksi” kompaniyasi soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tmagani va davlatga soliq to‘lamayotganini ma’lum qildi:

“ ‘Yandeks.Taksi’ O‘zbekistonga soliq to‘lamaydi. Ularning brendi asosida faoliyat yuritadigan haydovchilar ham davlatga soliq to'lamaydi. Va servisning 10 mijozidan qariyb hech kim soliq to‘lamaydi. Yagona yo‘l tizimni tartibga solish kerak. Kompaniya soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Shundan so‘ng u haydovchilarda litsenziya bor-yo‘qligini nazorat qilishi kerak”.

Transport vazirligi departament boshlig‘i Ruslan Ro‘zmetovning aytishicha, hozirda O‘zbekistonda litsenziyali taksi haydovchilari uchun qator qulayliklar yaratilgan:

“Hozirda litsenziyali taksichilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan. Ular to‘xtash mumkin emas joylarda vaqtincha to‘xtashga ruxsat etiladi hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlariga yaqin hududdan maxsus litsenziya olish imkoniyati yaratilgan”.

Qayd etilishicha, 2017-yilda O‘zbekistonda 17900 nafar, 2018-yilda 24700 nafar taksichi ushbu faoliyat turi uchun litsenziya olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют