» » So‘nggi 4 ta o‘yinning 3 tasida yutqazgan “Manchester Yunayted”ni aprel oyida dahshatli taqvim kutmoqda

So‘nggi 4 ta o‘yinning 3 tasida yutqazgan “Manchester Yunayted”ni aprel oyida dahshatli taqvim kutmoqda


2-aprel, seshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 33-turida “Manchester Yunayted” safarda “Vulverhempton”ga imkoniyatni boy berdi (1:2).

Mazkur uchrashuvning 57-daqiqasida Eshli Yang maydondan chetlatilgandan so‘ng, Ole-Gunnar Sulsher jamoasi maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.

Bu “mankunianlar”ning so‘nggi 4 ta uchrashuvdagi 3-mag‘lubiyati bo‘ldi. Avvalroq klub premyer ligada “Arsenal”ga (0:2), Angliya Kubogida esa yana o‘sha “bo‘rilar”ga yutqazgandi (1:2).

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28-mart kuni Sulsher “Manchester Yunayted”ning to‘laqonli bosh murabbiyi etib tayinlangandi.

Ma’lumot uchun “qizil iblislar”ni aprel oyida qiyin uchrashuvlar kutmoqda:

10-aprel

“Manchester Yunayted”—“Barselona” (YChL)

13-aprel

“Manchester Yunayted”—“Vest Hem” (APL)

16-aprel

“Barselona”—“Manchester Yunayted” (YChL)

21-aprel

“Everton”—“Manchester Yunayted” (APL)

24-aprel

“Manchester Yunayted”—“Manchester Siti” (APL)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют