» » Turkiya Trampning Suriyada “xavfsiz hududlar” yaratish bo‘yicha rejasi tafsilotlaridan bexabar ekanligini ma’lum qildi

Turkiya Trampning Suriyada “xavfsiz hududlar” yaratish bo‘yicha rejasi tafsilotlaridan bexabar ekanligini ma’lum qildi


Turkiyaning Rossiyadagi elchisi Husayn Dirioz Anqara AQSh prezidenti Donald Trampning Suriyada “xavfsiz hududlar” tashkil etish bo‘yicha rejasi tafsilotlaridan bexabar ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Uning so‘zlariga qaraganda, bu kabi hududlarning tashkil etilishi qochoqlarning uyga xavfsiz qaytishini ta’minlashi mumkin.

Turkiya anchadan buyon xalqaro hamjamiyatga Suriyada xavfsiz hududlarni tashkil etishni taklif qilmoqda. Qochoqlar bilan bog‘liq katta muammo mavjudligini ko‘rib turibmiz. Jumladan, Suriyada ham millionlab odamlar mamlakatdan qochmoqda. Bu esa Turkiya va Yevropa, shuningdek, Yevropa institutlarini qiyin vaziyatga solmoqda. Turkiya allaqachon milliardlab dollar sarfladi, Iordaniya ham.

Husayn Dirioz, Turkiyaning Rossiyadagi elchisi

U Tramp ushbu g‘oya haqida umumiy gapirganligi, biroq Turkiya uning tafsilotlaridan bexabar ekanligini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (14-03-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют