» » Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar va bekatlar tashkil qilinadi

Toshkentda zamonaviy avtoturargohlar va bekatlar tashkil qilinadi


“Toshkent shahrida yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlandi, deb yozadi Sputnik.

Qaror loyihasida aytilishicha, Toshkent shahar hokimligi va Ichki ishlar vazirligining Toshkent shahar hokimligi tuzilmasi tarkibida “Toshkent transporti” davlat unitar korxonasini tashkil etish taklifini ma’qullash ko‘zda tutilgan.

“Toshkent transporti” korxonasining asosiy vazifalari:

- 2019—2021-yillarda jamoat transporti bekatlarining yagona konsepsiyasini joriy etish, ushbu bekatlarda nogironlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Wi-Fi va jamoat transporti kelishiga qolgan vaqtni ko‘rsatuvchi elektron tablo mavjudligi inobatga olinadi;

- avtomobil turargohlarga avtoulovlarni kiritish (qoldirish) vaqtida, inson omilini istisno qiluvchi, avtomatlashtirilgan hisob-kitob va to‘lov tizimlarini joriy etish;

- Toshkent shahrining parkovka hududini boshqarish bo‘yicha yagona markaz tashkil etish;

- yo‘l harakati qoidalarini buzgan, parkovka to‘lovini to‘lamagan, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgan holatlarda avtomobillarni evakutsiya qilish uchun “Toshkent shahar hokimiyatining evakutsiya xizmati”ni tashkil qilish;

- shahar yo‘l-transport infratuzilmasi va transport masalalari bo‘yicha fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha yagona call-markaz tashkil qilish;

- Toshkent shahrining barcha svetofor obyektlarini onlayn rejimida boshqarish bo‘yicha yagona markazning “Yo‘l harakati xavfsizligini kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi”ni tashkil etish;

Qaror loyihasi 18-aprelgacha muhokama qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют