» » Adliya vazirligi va Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash borasida hamkorlik qiladi

Adliya vazirligi va Britaniya kompaniyasi O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash borasida hamkorlik qiladi


Joriy yilning 2-aprel kuni Adliya vazirligida  The Economist Intelligence Unit Britaniya kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

The Economist Intelligence Unit — The Economist (EIU) jurnalining 1946-yilda asos solingan analitik bo‘limi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi ko‘plab mamalakatlar, xalqaro tashkilotlar hamda yirik transmilliy korporatsiyalar uchun biznesni tahlil qilish hisoblanadi.

The Economist Intelligence Unit saylov jarayoni masalalari, plyuralizm, hukumat faoliyati, fuqarolar erkinligi, siyosiy madaniyat va mamlakatda aholining siyosiy faolligi kabi ko‘rsatkichlarga asoslangan xalqaro demokratik indeks va mamlakat xatarlari indeksi kabi muhim xalqaro indekslar tuzadi.

Adliya vazirining o‘rinbosari X.Meliyev mehmonlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Adliya vazirligining xalqaro tashkilotlar tomonidan umumiy qabul qilingan reytinglarda mamlakat pozitsiyasini yaxshilashdagi o‘rni haqida so‘zlab bergan.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar davlat va jamoat qurilishining turli sohalarida erishilgan yutuqlarning samaradorligini baholash uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan metodologiya va mezonlar bo‘yicha fikr almashgan.

Tadbir yakunida The Economist Intelligence Unit Britaniya kompaniyasining delegatsiyasi xalqaro hamjamiyatga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xolis ma’lumot berishga va respublikaning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berishga tayyor ekanini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют