» » O‘zbekistonda fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi

O‘zbekistonda fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi


O‘zbekistonda fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi. Bu Prezidentning “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonida ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda jamoatchilik asosida fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari — ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchi hamda fuqarolar yig‘ini raisi o‘rinbosari — tadbirkorlik, tomorqa yer egalari faoliyatiga ko‘maklashish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimlari joriy etiladi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari har chorakda o‘z mahallasi hududidagi dolzarb muammolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga taqdim etib boradi;

eng dolzarb muammolar sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalari tomonidan tegishli dasturlarda inobatga olish uchun tavsiya etiladi;

fuqarolar yig‘inlari raislari muntazam ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududga biriktirilgan mas’ul xodimlari, sektor shtabi a’zolari, yo‘l qurilish, elektr, gaz, suv, kanalizatsiya, kommunal va ijtimoiy soha vakillarining hududda amalga oshirgan ishlari natijasi yuzasidan yozma ravishda sektorlar rahbarlari va Xalq qabulxonalariga ma’lumot kiritadi;

Xalq qabulxonalari tomonidan fuqarolar yig‘inlari raislarining ma’lumotlarida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar, shuningdek, ularning yuqori turuvchi tashkilotlariga mansabdor shaxslari va xodimlarini rag‘batlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik, fuqarolar yig‘ini qarorini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik hamda fuqarolar yig‘ini raisi faoliyatining kafolatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.

2019-yil 1-iyulga qadar mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan fuqarolar yig‘inlari yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanishi ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют