» » Megan Markl va Shahzoda Garri Instagram’da sahifa ochdi

Megan Markl va Shahzoda Garri Instagram’da sahifa ochdi


Sasseks gersog va gersoginyasi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘z shaxsiy sahifasini ochdi.

Birinchi va yagona post 2-aprel, seshanba kuni kechqurun paydo bo‘ldi.

“Bizning Instagram’dagi rasmiy sahifamizga xush kelibsiz; biz siz bilan g‘oyalarimizni, biz qo‘llab-quvvatlaydigan loyihalar, muhim e’lonlar bilan o‘rtoqlashish va eng muhim masalalarni yoritish imkoniyatini orziqib kutmoqdamiz. Biz sizning qo‘llab-quvvatlashingizdan minnatdormiz va sizni @sussexroyal sahifasiga taklif qilamiz”, — deyiladi bayonotda.

Megan Markl va shahzoda Garri emblemasi tasvirlangan jilddan tashqari, qirollik juftligining dunyoning turli mamlakatlariga qilgan sayohatlaridan to‘qqizta fotosurat qo‘shilgan.

Shu paytgacha Sasseks gersoglarining hayotidagi asosiy xabarlar shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Middltonning rasmiy akkauntida e’lon qilinardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют