» » Iflos havo tufayli o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar reytingi tuzildi

Iflos havo tufayli o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar reytingi tuzildi


Health Effects Institute norasmiy tashkiloti 2017-yilda iflos havo tufayli o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar reytingini tuzdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Reytingda birinchi o‘rinni Xitoy va Hindiston egallagan. Ularning har birida 1,2 million o‘lim qayd etilgan. Shuningdek, yuqori o‘ntalikka Pokiston (128 ming o‘lim), Indoneziya (124 ming), Bangladesh (123 ming), Nigeriya (114 ming), AQSh (108 ming), Rossiya (99 ming), Braziliya (66 ming) va Filippin (64 ming) kirgan.

Xabarda aytilishicha, 2017-yilning o‘zida atrof-muhitning ifloslanishi tufayli qariyb uch million kishi vafot etgan.

Tadqiqotlarga ko‘ra, ifloslangan havo yurak kasalliklari, surunkali nafas yo‘li kasalliklari, o‘pka infeksiyalari va saraton kasalligi rivojlanishining xavfini oshiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют