» » APL. “Manchester Siti” yana yutib, peshqadamga aylandi, “Chelsi” va “Tottenhem”da ham g‘alaba (video)

APL. “Manchester Siti” yana yutib, peshqadamga aylandi, “Chelsi” va “Tottenhem”da ham g‘alaba (video)


3-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya chempionati doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

27-turining qoldirilgan o‘yinida Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi “Chelsi” klubi “Stemford Brij”da “Brayton”ni qabul qildi.

Uchrashuvda Olivye Jiru (38), Eden Azar (60), Ruben Loftus-Chik (63) tomonidan kiritilgan gollar “aristokratlar”ga g‘alaba keltirdi va jamoa muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

31-turning qoldirilgan bellashuvida esa Londonning “Tottenhem” jamoasi o‘zining yangi stadionida “Kristal Pelas”ga qarshi bahs olib bordi.

O‘yinning 55-daqiqasida hujumchi Son Hyon Min raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 80-daqiqada Kristian Eriksen hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Shu tariqa “shporlar” “Kristal Pelas” ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

33-turdan o‘rin olgan uchrashuvda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Manchester Siti” o‘z maydonida “Kardiff Siti”ni sinovdan o‘tkazdi.

Bellashuv davomida Kevin de Bryuyne (6) hamda Leroy Sane “Kardiff” darvozasiga gol urdi va jamoasining navbatdagi g‘alabasini ta’minladi (2:0). Natijada “shaharliklar” musobaqa jadvalida 80 ochko to‘plagan holda “Liverpul”dan 1 ochkoga o‘zib ketdi va yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.

APL

3-aprel, chorshanba

27-tur bahsi

Gol: 1:0 — 38 Jiru, 2:0 — 60 Azar, 3:0 — 63 Loftus-Chik

31-tur o‘yini

Gol: 1:0 — 55 Son, 2:0 — 80 Eriksen

33-tur uchrashuvi

Gol: 1:0 — 6 de Bryuyne, 2:0 — 44 Sane

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют