» » Germaniya Kubogi. 9 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” bir kishi kam bo‘lib g‘alaba qozondi va 1/2 finalga chiqdi (video)

Germaniya Kubogi. 9 ta gol urilgan o‘yinda “Bavariya” bir kishi kam bo‘lib g‘alaba qozondi va 1/2 finalga chiqdi (video)


3-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Kubogining 1/4 finali doirasida so‘nggi 2 ta bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqaning 1/8 finalida “Herta”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida 2-divizionda to‘p suradigan “Haydenhaym” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Leon Goretska raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 26-daqiqaga kelib mehmon jamoa a’zosi Robert Glatzel hisobni tenglashtirdi (1:1). 39-daqiqada esa Mark Shnatterer “Haydenhaym” klubini hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). O‘yin davomida Tomas Myuller (53), Robert Levandovski (55), Serj Gnabri (65) birin-ketin gol urdi (4:2). Bellashuvning 74 hamda 77-daqiqalarida Robert Glatzel myunxenliklar darvozasiga to‘p kiritdi va het-trikka erishdi (4:4). 84-daqiqada esa “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski o‘yinga nuqta qo‘ydi va jamoasini yarim finalga olib chiqdi (5:4). Ta’kidlash joiz, o‘yinning 13-daqiqasida Myunxen klubi himoyachisi Niklas Zyule maydondan chetlatilgandi.

Nimchorak finalda “Fortuna D”ni yirik hisobda taslim qilgan “Shalke-04” klubi “Verder”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvda mehmon jamoa a’zolari Milot Rashitsa (66), Deyvi Klaasen (72) tomonidan kiritlgan gollar “Verder”ga g‘alaba keltirdi (2:0) va jamoa yarim finalga chiqdi.

Germaniya Kubogi

1/4 final bahslari

2-aprel, seshanba

Gollar: 0:1 — 54 Lasogga, 0:2 — Lasogga

Gollar: 0:1 — 74 Verner, 1:1 — 90+4 Finnbogason, 1:2 — 120+1, penalti, Halstenberg

3-aprel, chorshanba

Gollar: 1:0 — 12 Goretska, 1:1 — 26 Glatzel, 1:2 — 39 Shnatterer, 2:2 — 53 Myuller, 3:2 — 56 Levandovski, 4:2 — 65 Gnabri, 4:3 — 74 Glatzel, 4:4 — 77, penalti, Glatzel, 5:4 — 84, penalti, Levandovski

Gol: 0:1 — 66 Rashitsa, 0:2 — 72 Klaasen

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2019, 02:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют